Evropa Ittifoqi Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy qildi. EI sanksiyasi ro`yxatiga 119 kishi tushdi. Bu haqda Vesti.Ru xabar beradi.
Ro`yxatga tushganlar orasida LDPR etakchisi Vladimir Jirinovskiy va davlat dumasining bir nechta deputatlarini ko`rish mumkin.
Shuningdek, Evropa Ittifoqi Rossiyaning “Rosneft”, “Transneft” va “Gazprom neft” kompaniyalariga qarz evaziga moliyalashtirishni taqiqladi.
Sanksiyaga kiritilgan shaxs va kompaniyalar ro`yxati Evropa Ittifoqining rasmiy jurnalida taqdim etildi.
Evropa Ittifoqi Rossiya kompaniyalarining obligasiyalar bilan savdo qilish va shunday qog`ozlarni chiqarishni 30 kunga taqiqlab qo`ydi.
Bundan tashqari, Rossiyaning yirik kompaniyalari - “Uralvagonzavod”, “Oboronproma” hamda aviasozlar korporasiyasi birlashmasiga qarz evaziga moliyalashtirish taqiqlandi va beshta bank faoliyati cheklandi.
Xabarda yozilishicha, Rossiya nisbatan qo`shimcha sanksiyalar joriy qilish to`g`risidagi qarorni Evropa Ittifoqiga a`zo 28 ta mamlakat elchilari qabul qilgan.





