AsosiyJamiyat

1 oktyabrdan sovuq suv uchun to`lanadigan haq oshadi

Elektr energiyasi va boshqa resurslarining narxi oshishi munosabati bilan 2014 yilning 1 oktyabridan Toshkent shahrida yangi tariflar tadbiq etilmoqda. Bu haqda “Suvsoz” Davlat unitar korxonasi rasmiy sayti suvsoz.uz xabar beradi.

Shunga ko`ra, markazlashgan issiq suv tizimiga ega bo`lgan xonadonlar uchun hisoblagich bilan oktyabr 1 kubometr uchun 310 so`m (ayni damda 294)ni,hisobgagich bo`lmagan taqdirda 1 kishi uchun esa 3814 so`m 25 tiyinni tashkil etadi.

Barcha qulayliklarga ega bo`lgan hususiy uylarda esa kanalizasiya xizmatini qo`shganda har bir kubometr uchun 225 so`mni (ayni damda 212 so`m), kanalizasiyasiz 140 so`mni (ayni damda 130 so`mni) hamda hisoblagich bo`lmagano taqdirda 1 kishi uchun 3490,46 so`mni tashkil etadi.

Byudjet tashkilotlarining suv uchun to`laydigan to`lovlari 1 kubometri uchun 140 so`mni, qo`shimcha soliq to`lovi esa 20 %i bilan 168 so`mni tashkil etadi.

Toshkent shahridagi yuridik tashkilotlar esa sovuq suv narxi kubometr uchun 280 so`mni, qo`shimcha soliq to`lovi 1 metr3  uchun 160 so`m, qo`shimcha soliq to`lovi bilan 192 so`mni tashkil etadi.  Eslatib o`tamiz, issiq va sovuq suv uchun to`lov hisoblagichi bo`lmagan aholiga issiq va sovuq suv ta`minoti uchun belgilangan tariflarga 1,5 koeffisentini qo`llash orqali amalga oshiriladi. So`nggi marta sovuq suvga bo`lgan to`lov narxlari aprel oyida oshgandi. 

    Boshqa yangiliklar