AsosiyJamiyat

MSK saylov kampaniyasi boshlanish kunini e`lon qildi

2014 yil 11 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining yig`ilishi bo`lib o`tdi.  Bu haqda O`zA xabar beradi.

Markaziy saylov komissiyasi yig`ilishida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov bo`yicha saylov kampaniyasi shu yil 15 sentyabrdan boshlanishini e`lon qilish haqida qaror qabul qilindi.

O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 117-moddasi ikkinchi qismi va “Davlat hokimiyati vakillik organlariga va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi saylovi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonunining 1-moddasiga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, viloyat, tuman va shahar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov 2014 yilning dekabr oyi uchinchi o`n kunligining birinchi yakshanbasi – 21 dekabrda o`tkaziladi. 

    Boshqa yangiliklar