Fransiya prezidenti Fransua Olland joriy haftada mamlakat hukumatini tuzishda ko`maklashish maqsadida Iroqqa tashrif buyurdi. Bu haqda Frans Press agentligi xabar beradi.
Prezident samolyoti 12 sentyabr kuni Bag`dod aeroportiga qo`ndi. Fransiya prezidenti Iroq shimolidagi Erbil shahriga etkaziladigan, 15 tonna gumanitar yordam bilan tashrif buyurdi. Aynan o`sha erda “Islom davlati” jangarilari bilan to`qnashuvlar davom etmoqda.
Ollandning Iroq hukumati bilan uchrashuvi davomida xavfsizlikni ta`minlash va terrorizmga qarshi kurashish masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.
Avvalroq, Frasiya Tashqi ishlar vaziri Loran Fabius vaziyat taqozo qilsa, Fransiya Iroqdagi havo xarbiy operasiyalarida qatnashishi mumkinligini ma`lum qilgan.





