AsosiyJamiyat

Toshkentda ikkita avtomashina to`qnashuvi oqibatida haydovchilar halok bo`ldi

'Toshkentda ikkita avtomashina to`qnashuvi oqibatida haydovchilar halok bo`ldi'ning rasmi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida 30 iyul kuni “Neksiya” va “Matiz” ishtirokida YTH sodir bo`ldi, deb xabar bermoqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi matbuot xizmati.

Abdurahmonov ko`chasida yashagan M.M. o`zining “Matiz” rusumli avtomashinasini Chimboy ko`chasida haydab ketayotgan vaqitda qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelayotgan E.U. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashina bilan to`qnashuv sodir etgan.

Natijada ikkala haydovchi ham jarohat olib, kasalxonaga olib kelinayotgan vaqtida halok bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar