Shu yilning 9 sentyabr kuni Toshkentdagi Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazida Mustaqilligimizning 23 yilligiga bag`ishlangan “Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go`zal O`zbekistonim" shiori ostidagi bayram tadbiri bo`lib o`tdi.
Tadbirda bir guruh ziyolilar, fan, san`at va madaniyat namoyandalari, o`quvchi va talabalar, keng jamoatchilik vakillari ishtriok etdi. Xususan, undu so`zgan chiqqan Ozarboyjonning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Huseyn Guliev ikki mamlakat o`rtasidagi do`stona munosabatlar tobora mustahkamlanib borayotgani xususida to`xtalib, barchani eng aziz, eng ulug` bayram bilan tabrikladi.
Tadbirda “O`zbegim yoshlari,” “Ozarboyjon qizlari” singari badiiy dastalari tomonidan kuy, qo`shiq va raqslar ijro etildi.





