AsosiyDunyo

Hindistonda 33 nafar talaba halok bo`ldi

'Hindistonda 33 nafar talaba halok bo`ldi'ning rasmi

Hindistoning Maharashtra shtatida avtobus jarlikka qulab tushgan, deb xabar berdi Topnews.ru nashri.

Avtobusda talabalar bo`lgani xabar qilinmoqda.

Voqea shtatning Raygard okrugida yuz bergan. Bortida talabalar bo`lgan avtobusning jarlikka qulashi oqibatida 33 kishining barchasi hayotdan ko`z yumdi. Avtobus 300 metr pastlikka ag`darilib ketgan. Hozircha hududdan 12 kishining jasadi topildi. Qolganlari esa qidirilmoqda. Talabalar Konkan Krishi universiteti talabalari edi.


Xabarlarga qaraganda, ular dam olish uchun ketayotgandi. Ushbu joyda polisiya ish olib bormoqda. Halokat sabablari hozircha noma`lum. Avtobus Mumbay-Goa yo`nalishida harakatlanayotgan bo`lgan.Mamlakat bosh vaziri Narendra Modi hodisa qurbonlarning yaqinlariga ta`ziya bildirib, chuqur qayg`uda ekanligini ma`lum qilgan.

    Boshqa yangiliklar