Serbiya poytaxti Belgrad shahrida mamlakatning eng mashhur huquqshunosi hamda sobiq prezidentning advokatiga suiqasd uyushtirildi, deya xabar berdi Ren.tv nashri.
Gaaga tribunalida mashhur advokat Drogoslav Ognyanovich o`z uyi oldida otib ketilgan. U shu joyning o`zida hayotdan ko`z yumgan. Hujum oqibatida advokatning 26 yoshli o`g`li ham jarohat oldi. Hozirda uning uyi joylashgan mavze o`rab olingan. Hodisa yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Xabarlarga ko`ra,advokat bezorilar tomonidan o`ldirilgan. Drogoslav Ognyanovich Serbiyaning sobiq prezidenti Sloban Miloshevichni himoya qilgan. Aynan ushbu jarayon advokatga mashhurlik olib keldi. Shuningdek, 57 yoshli advokat mamlakatda narkotrafik ustidan qilingan nazorat operasiyalarida ham ishtirok etgan. U o`z faoliyatini 2000 yillarda boshlagan edi.






