AsosiyJamiyat

“CAITME – 2014” va “Textile Expo Uzbekistan – 2014” xalqaro ko`rgazmalari ochildi

Toshkentdagi  “O`zekspomarkaz”da “To`qimachilik uskunalari va texnologiyalari – CAITME – 2014” va “To`qimachilik sanoati – Textile Expo Uzbekistan – 2014” xalqaro ko`rgazmalari ochildi. Bu haqda O`zA xabar beradi.

Tadbirlar O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi, “O`zbekengilsanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi, Savdo-sanoat palatasi, “Osiyo ramzi” O`zbekiston modelerlar va dizaynerlar uyushmasi ko`magida “ITE-Uzbekistan” xalqaro ko`rgazma kompaniyasi va “ITE” kompaniyalari guruhi (Buyuk Britaniya) tomonidan tashkil etildi. 

O`zbekiston va Xitoy, Janubiy Koreya, AQSh, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Belarus, Belgiya, Hindiston, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Polsha, Rossiya, Ruminiya, Slovakiya, Chexiya, Turkiya, Shveysariya kabi dunyoning 22 davlatidan qariyb 250 kompaniya ushbu ikki ko`rgazmaning birlashgan ekspozisiyasida o`z mahsulotlarini namoyish etmoqda.

Ular to`qimachilik uskuna va texnologiyalari, tayyor va yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug`ullanadi. Ishtirokchilar so`nggi yangiliklarni namoyish etish asnosida hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`yish va kengaytirishni ko`zlamoqda.

    Boshqa yangiliklar