GM Uzbekistan tomonidan O`zbekiston bozori uchun ishlab chiqarilayotgan avtomobillar narxi oshadi. Bu haqda "O`zavtosanoat"dagi manbaga asoslanib, "Xalq so`zi" xabar berdi.
Qayd qilinishicha, yangi narxlar yangi haftadan joriy qilinishi kutilmoqda. Hozircha narxlar taxminan 10-12 foizga qimmatlashishi aytilmoqda.
"Hozircha aniq miqdor ma`lum emas. Lekin narxlardagi 10-12 foizni tashkil qilishi rejalashtirilmoqda", deyilgan xabarda.
Eslatib o`tamiz, bundan bir kun oldin kompaniyaning Rossiya bozori uchun chiqariladigan Ravon brendi avtomobillarining uchtasida narxlar oshirilgandi.






