AsosiyJamiyat

O`zbekistonda XXI asrning eng uzun Oy tutilishi hodisasi qanday kuzatildi? (foto)

'O`zbekistonda  XXI asrning eng uzun Oy tutilishi hodisasi qanday kuzatildi? (foto)'ning rasmi

Bugun, 27 iyuldan 28 iyulga o`tar kechasi qiziqarli osmon hodisasi – Oyning to`liq tutilishi sodir bo`ladi

Tutilish O`zbekiston hududida soat 23:24 da boshlandi. Bir soatdan keyin: 00:29 da Oy sirti soya bilan batamom qoplandi.

Hodisani to`liq suratlarda ko`rishingiz mumkin.





Oy soya ichida harakatlana boshlaganda u qizg`ish, jigarrang tusda ko`rindi.


To`la tutilish fazasining davomiyligi 1 soat 43 daqiqani tashkil qildi, ya`ni Oy 103 daqiqa davomida soyada bo`ldi. U soat 2:13 da soyadan chiqa boshladi, soat 3:19 da esa butunlay soyadan xoli bo`ldi. Tutilishning umumiy davomiyligi esa salkam 4 soatni tashkil etdi.

Foto: Asqar Yoqubov

    Boshqa yangiliklar