Huquqni muhofaza qilish organi hodimlari ikki ayolni urib yuborib, voqea joyidan g`oyib bo`lgan “Neksiya” avtomobili haydovchisini qo`lga olishdi. Bu haqda “Postda” gazetasi materiallariga tayanib, Uz24.uz xabar beradi.
Yo`l transport hodisasi Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida sodir bo`lgan. YTH tufayli og`ir tan jarohatini olgan har ikki ayol eng yaqin joydagi shifoxonaga etkazilgan. Haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov davom etmoqda.





