AsosiyShou-biznes

Shakira va Jerar Pike: ikkinchi farzandimiz ham o`g`il bola!

Bir necha kun oldin biz mashxur xonanda Shakiraning ikkinchi farzandiga homilador ekani haqida xabar bergan edik. Ommaviy axborot vositalariga bergan intervyularining birida u “agar musiqiy loyihalarim bo`lmaganida edi, men yana homilador bo`lishni istardim. Jerar bilan 8 yoki 9 farzandimiz bo`lishini va shaxsiy futbol jamoamizni tuzishni istaymiz” degan edi.

Ayni kunlarda esa Shakira va Jerar Pikelarning shaxsiy futbol jamoasini tuzish haqidagi orzulari ushlayotgani haqida barcha Internet nashrlari bong urishmoqda. Buning sababi, Shakira kutayotgan ikkinchi farzandning ham o`g`il bolaligidir. Bu haqda www.glamour.ru nashri xabar beradi. 

Xonandaning ota-onasi bu haqda OAVga xabar berar ekan, Shakira va Pikening birinchi farzandlari Milanning ukasi bo`lishidan juda xursand ekanliklarini bildirishgan. 

    Boshqa yangiliklar