AsosiyJamiyat

O`zbekiston Mudofaa vazirligi musobaqada ishtirok etish uchun Qirg`izistonga jo`nab ketdi

'O`zbekiston Mudofaa vazirligi  musobaqada ishtirok etish uchun Qirg`izistonga jo`nab ketdi'ning rasmi

Sentyabr oyiga qadar MDHga a`zo davlatlar do`stona armiyalari doirasida harbiy-amaliy sport turlari bo`yicha musobaqalar o`tkazib kelinmoqda.

Ushbu nufuzli musobaqalarharbiy-amaliy sportning 7 ta turini o`z ichiga olgan bo`lib, “Armiya qo`l jangi”, “Komandirlik startlari”, “Sport orientirlanishi”, “Tog` uch kurashi”, “Ko`p kurash harbiy sport kompleksi”, “Ofiserlar uch kurashi” va “PM-3 va AK-3 mashqlarida shtatdagi yoki shtatga ilova qilingan jadvaldagi qurollardan otish” kabi bahslar bo`yicha o`tkazilmoqda.

O`zbekistonlik harbiylar 16-20 aprel kunlari Rossiyaning SSKA (Markaziy harbiy sport klubi)ning “Igrovoy” universal sport majmuasida o`tkazilgan “Komandirlik startlari”,26-29 iyun kunlariBelorus Respublikasi poytaxti Minskda harbiy-amaliy sportning “Ko`p kurash harbiy sport kompleksi” turi bo`yicha bo`libo`tgan halqaro musobaqalarda faxrli ikkinchi o`rinlarni qo`lga kiritgan edi.

Bugun, 25 iyul kuni Mudofaa vazirligi Sport klubi boshlig`i podpolkovnik Mansur Mamadaminov boshchiligidagi navbatdagi harbiy sportchilar 28-31 iyul kunlari Qirg`iziston Respublikasi Baliqchi shahrida bo`lib o`tadiganharbiy-amaliy sportning“PM-3 va AK-3 mashqlarida shtatdagi yoki shtatga ilova qilingan jadvaldagi qurollardan otish” musobaqasida ishtirok etish uchun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaroaeroportidan uchib ketishdi.

Ushbu musobaqada Rossiya, Qozog`iston, Qirg`iziston, Armaniston, Tojikiston va O`zbekistonning eng kuchli merganlari o`zaro kuch sinashadi.

Mudofaa vazirligi sport klubining eng yorqin merganlari – mayor Inver Osmanov, katta leytenant Natalya Dolbilina, kichik serjantlar Roman Goloshapov, Artyom Chernishyov, shartnoma bo`yicha harbiy xizmatchi oddiy askarlar Azizxon Muhammadrahimov va Yana Fatxi xalqaro toifadagi bahslarda mamlakatimiz sharafini himoya qiladi. Ishonchimiz komil, harbiy sportchilarimiz mahoratda tengsiz ekanini namoyon etib, yurtimizga yuksak natijalar bilan qaytishadi.

    Boshqa yangiliklar