Los-Anjelesdagi Granada Xillsda joylashgan uylardan biriga ayiq kirib, hovlidagi hovuzda cho`mildi, deya xabar bermoqda Euronews nashri.
Bu ayiq hovliga kirishni bir necha kundan beri mo`ljallab yurgan edi.
Nihoyat, hovli ichiga kirgan ayiq hovuzda bir necha soat suzib yurdi. Xonadon sohiblari tegishli idora xodimlarini chaqirgach, ular 113 kilogrammli ayiq trankvilizator yordamida uxlatib, posyolka tashqarisiga olib chiqib, jonivorni qo`yib yuborishdi.






