AsosiyJamiyat

Samarqandda yil boshidan buyon 194 kishi o`z joniga qasd qildi

'Samarqandda yil boshidan buyon 194 kishi o`z joniga qasd qildi'ning rasmi

So`nggi 6 oyda Samarqandda o`z joniga qasd qilish ko`paydi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB boshlig`i A.Toshpo`latov Xalq deputatlari viloyat Kengashining 54-sessiyasida ma`lum qildi.

Uning hisobotida qayd qilinishicha, 2018 yilning o`tgan 6 oyi davomida 194 kishi o`z joniga qasd qilgan. Shularning 98 nafari ayollar, 96 nafarini erkaklardir.

O`z joniga qasd qilganlarning 106 nafari vafot etgan (54 nafari ayollar, 52 nafari erkaklar).

O`z joniga qasd qilganlarning 30 nafari voyaga etmaganlar, 89 nafari yoshlar bo`lgan. Shuningdek, ularning 8 nafari ajrashgan bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar