Toshkent Mirobod tumanida to`qqiz qavatli uyning birinchi qavatida joylashgan do`konga yong`in tushdi, deb xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.
Yong`in natijasida do`kon tepasida joylashgan xonadonlarda istiqomat qiluvchilar evakuasiya qilindi.
Yong`in bartaraf etildi. Hodisa oqibatida hech kim jabr ko`rmadi.
Yong`in dastlabki sababi – qisqa elektr tutashuvi bo`lishi mumkin. Aniq sababi esa tegishli ekspertizalar o`tkazilgandan keyin ma`lum bo`ladi. Yong`in oqibatida etkazilgan zarar ham hisoblanmoqda.
Bundan avval "Sigma" savdo markazida ham yong`in sodir bo`lgandi.






