AsosiyJamiyat

Deputat "tonirovka" masalasidagi qarorda xalqning fikri umuman inobatga olinmaganini aytdi

'Deputat "tonirovka" masalasidagi qarorda xalqning fikri umuman inobatga olinmaganini aytdi'ning rasmi

Xalq deputatlari Uchtepa tuman kengashi deputati, O`zLiDeP deputatlik guruhi rahbari o`rinbosari Nuriddin Zaynitdinov “Tonirovka” masalasidagi qaror yuzasidan facebook‘dagi sahifasida o`z fikrini bildirdi:

"Bu Hukumatning qarori bo`ldi, xalqning emas! Xalqning fikri umuman inobatga olinmagan.
Bu Hukumatning qaroridagi narxlar xalqbop qilib kamaytirilib, o`zgartirilmas ekan, ijtimoiy adolat va tenglik mezoni buziladi.

Biz kapitalistik davlatda emas, ijtimoiy adolat va tenglik hukmron O`zbekistonda yashayotganimizni, shu narxlarni taklif qilib, qo`l qo`yishga kiritgan ma`sullar unutib ko`ygan ko`rinadi.

Aholining 10% rohatda, 90% jaziramada yurishi Amir Temur davridan beri bo`lgan xech qaysi adolat mezoniga to`g`ri kelmasa kerak.

Bu Hukumatning qarori yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Hukumatga tegishli parlament so`rovini yuborishi maqsadga muvofiq bo`lardi".

    Boshqa yangiliklar