AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Botanika instituti faoliyati takomillashtirildi

'O`zbekistonda Botanika instituti faoliyati takomillashtirildi'ning rasmi

Prezidentning 2018 yil 17 iyuldagi “O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori bilan Botanika instituti O`zbekistonning tabiiy o`simliklar xilma-xilligini o`rganish sohasidagi yagona davlat ilmiy muassasa sifatida belgilandi.

Shuningdek, qarorga muvofiq, institutning noyob ilmiy ob`ekti “Markaziy gerbariy” milliy ahamiyatga ega gerbariy deb tan olinib va unga “O`zbekiston milliy gerbariysi” nomi berildi.

Institut tarkibida:

— noyob o`simliklar turlari kadastri va monitoringi laboratoriyasi;

— O`zbekiston florasi laboratoriyasi;

— Botanika muzeyi tashkil etildi.

    Boshqa yangiliklar