AsosiyDunyo

Tojikistonda Sarez suvini imkon qadar tezroq sotish taklif etildi

'Tojikistonda Sarez suvini imkon qadar tezroq sotish taklif etildi'ning rasmi

Tojikiston hukumati huzuridagi atrof muhitni muhofaza qilish qo`mitasi rahbari Talbak Salimov Sarez ko`lining suvini kamaytirishni taklif qildi. B haqda Sputnik xabar berdi.

Amaldorning so`zlariga ko`ra, Markaziy Osiyoda ulkan suv toshqini xavfi mavjud.

Salimov suv resurslari kerak bo`lgan davlatlarga suvni sotish zarurligini taklif qildi.

Qo`mita rahbari ta`kidlashicha, ko`lni suvsiz qoldirish Tojikistonga zarar etkazmaydi. Uning so`zlariga ko`ra, respublika etarli suv resurslariga ega.

Salimov imkon qadar "Sarez muammosini" tezroq hal qilish zarurligini alohida ta`kidlab o`tdi. Chunki ko`l yuqori darajadagi xavf zonasi bo`lib qolmoqda.

“Biz fojia qachon bo`lishini bilmaymiz – bugun, ertaga, bir yildan keyin”, - deb qo`shimcha qildi amaldor.

Xavfli ko`l

Sarez ko`li Tojikistonning Tog`li-Badaxshon avtonom viloyati Murg`ab tumanida joylashgan. Uning uzunligi – 70 kilometrga yaqin, chuqurligi esa – 500 metrga yaqin. Suv umumiy hajmi 17 kvadrat kilometrni tashkil qiladi.

1911 yil mart oyida sodir bo`lgan 9 balli zilzila oqibatida Bartang daryosi yopilib, ushbu ko`l paydo bo`ldi. Ko`lning quyi oqimida joylashgan aholi punktlariga xavf tug`diradi. Chunki suv chiqib ketsa ulkan suv massasi sel oqimi bilan deyarli Orol dengizigacha etib borishi mumkin.

Xavf zonasida 6 million kishi istiqomat qiladi.

    Boshqa yangiliklar