AsosiyJamiyat

Innovasion rivojlanish vaziriga yangi o`rinbosar tayinlandi

'Innovasion rivojlanish vaziriga yangi o`rinbosar tayinlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga ko`ra, Nazarov Azimjon Soatmurod o`g`li O`zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirining o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Azimjon Nazarov bunga qadar Innovasion rivojlanish vazirining o`rinbosari vazifasini bajaruvchisi, Innovasion rivojlanish vazirligi Tadqiqotlar va iqtisodiyot real sektoriga innovasiyalarni joriy etish boshqarmasi boshlig`i lavozimlarida ishlab kelgan.

Azimjon Nazarov 1997 yili Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalashtirish injenerlar institutini va 2000 yili AQShning Texas qishloq xo`jaligi va mexanika universitetini tamomlagan. Davlatlararo koordinasion suv xo`jaligi komissiyasining ilmiy-axborot markazida faoliyat yuritgan. Shuningdek, taxminan 10 yil davomida qishloq va suv xo`jaligi, atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy xavfsizlik, qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy qilish, institusional tuzilish va shu kabi boshqa tarmoqlarda professional xizmatlarni taqdim etuvchi “Nazar Buisness and Technology” xususiy konsalting kompaniyasini boshqargan.

    Boshqa yangiliklar