AsosiyJamiyat

Issiq ob-havo tufayli Urganch aeroporti vaqtincha yopib qo`yildi

'Issiq ob-havo tufayli Urganch aeroporti vaqtincha yopib qo`yildi'ning rasmi

“O`zbekiston havo yo`llari” MAK 16 iyuldan boshlab Urganch xalqaro aeroporti texnik sabablar va issiq ob-havo tufayli vaqtincha yopilganini ma`lum qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma`lum qildi.

Qayd qilinishicha, Urganch aeroportiga amalga oshirilishi lozim bo`lgan reyslar Nukus va Buxoro aeroportiga ko`chirilgan.

Aeroport o`z faoliyatini texnik ishlar yakunlanganidan so`ng qayta davom ettiradi.

“O`zbekiston havo yo`llari” vaqtincha noqulaylik uchun yo`lovchilardan uzr so`ragan.

    Boshqa yangiliklar