Shu yilning 15 iyul kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri Chilonzor ko`chasida joylashgan «Kesh-Kristal» xususiy korxonasiga qarashli qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish sexidagi suyultirilgan gaz balloni jo`mragi otilib ketishi oqibatida gaz sizib chiqib, chaqnash sodir bo`lgan.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, hodisa oqibatida sex ishchilari — Shahrisabz shahrida yashovchi N.X. va D.Sh. ismli ayollar kuyish jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilganlar. Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






