Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati Bekmurod Abdullaevning shahar IIBB YHXB boshlig`i etib tayinlangani haqidagi xabarni rad etdi.
"14 iyul kuni bir qator saytlar Uznews.uz axborot saytiga tayangan holda, Toshkent shahar IIBB YHXB boshlig`i tayinlagani haqidagi xabarni tarqatdi. O`z o`rnida Toshkent shahar IIBB bunday ma`lumotga ega emasligini ma`lum qilamiz”, - deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Toshkent shahar YHXB boshlig`i Mamenov shu yilning may oyida lavozimidan ozod qilingandi. Toshkent shahar Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig`i vazifasini vaqtincha bajarish boshliqning birinchi o`rinbosari Jamshid Jo`raev zimmasiga o`tgandi.






