37 yoshli ushbu braziliyalik fuqaro kam uchraydigan suyak kasalligi bilan dunyoga kelgan. Kasallik oqibatida uning boshi chappasiga o`girilgan. Nogiron farzandni dunyoga keltirgan ayolga, ya`ni Klaudio Vieyra de Oliveyraning onasiga bolani ochlik asosida o`ldirishni bir necha bor taklif qilishgan. Ammo ayol bunday jirkanch ishni qilishdan bosh tortgan va farzandini garchi u nogiron bo`lsa-da, boshqalardan kam ko`rmagan holda katta qila boshlagan.
Shifokorlar uning nafaqat biror bilim o`zlashtira olishiga balki umuman yashab ketishiga ham shubha qilishgan edi. Ayni vaqtda Klaudio Vieyra de Oliveyra hisobchi bo`lish orzusida, bundan tashqari u buyuk notiq bo`lish istagida, deb yozadi www.day.az nashri.
“Men o`zimni boshqalarga tobe his qilishni yomon ko`raman. Bolaligimda shug`ullanish uchun albatta biror mashg`ulot topardim. Men boshqalar kabi kompyuterda ishlashim, internetdan foydalana olishim ham mumkin. Orzuim buyuk notiq bo`lish. Shu kunlarda turli davlatlardagi ko`plab tashkilotlardan notiqlik qilish borasida takliflar kelib tushmoqda” deydi Klaudio Vieyra de Oliveyra.





