Toshkent viloyatining O`rtachirchiq tumanida 12 iyul kuni pnevmatik to`pponchadan 2 kishini jarohatlagan shaxs qidirilmoqda, deb xabar beradi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, «Dashnobod» QFY, Bayrapush ko`chasi raqamsiz uyda yashovchi, «Toshkent dengizi» dam olish maskanida xizmat ko`rsatuvchi «Hayrixon omad-savdo» MChJ ishchisi, 1992 yilda tug`ilgan Akobir Ro`zimboev dam olish maskan hududida joylashgan avtoturargohda, bezorilik oqibatida yonida bo`lgan pnevmatik to`pponchadan shu avtoturargohda yollanib ishlayotgan M.Z. va F.I.larga o`q otib jarohat etkazgan va voqea joyidan qochib ketgan. Natijada jarohat olgan ikki nafar ishchilarga tibbiy yordam ko`rsatilgan. Akobir Ro`zimboevni ushlash choralari ko`rilgan.
Fuqarolardan ushbu shaxsni qayerdaligi yoki u haqida biron ma`lumotga ega bo`lganlar ichki ishlar organlarining hududiy bo`limlariga yoki «102» telefon raqamlariga qo`ng`iroq qilib, xabar berishlari so`ralgan.






