Kaliforniyaning Fresno shahridagi “Feshen Fer” savdo markazida yashin tezligidagi o`g`irlik sodir bo`ldi, deya ma`lum qildi Maximonline.ru nashri.
Ma`lumotlarga ko`ra, Apple Storega bo`lgan hujumni 16-18 yoshlar atrofidagi to`rt nafar afroamerikalik o`smirlar amalga oshirgan. Ular o`g`irlik tez, chaqqon va tizimli ravishda bajarishgan. Ularni to`xtatishga bo`lgan urinishlar samarasiz ketgan.
Hozirda chaqqon o`g`rilar qidirilmoqda.






