O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillaeva Toshkentdagi «Abu Saxiy» bozorini sotdi, deb xabar berdi "Reyter".
Xabarda bozorni kim sotib olgani ma`lum qilinmagan.
2016 yilda soliq organlari valyuta va bojxona qonunchiligi buzilishi holatlari bo`yicha bozorda tekshiruv o`tkazgandi. O`shanda kuch tuzilmalaridagi manba keyingi yillar davomida mahsulotlar bozorga bojxona qonunchiligi buzilishlari bilan olib kelingani va soliq yig`imlarisiz sotilganini bildirgandi.






