Xitoyda joylashgan dunyodagi eng yirik kimyoviy moddalar ishlab chiqaruvchi zavodda portlash yuz berdi. Mahalliy OAV qurbonlar va yaradorlar borligini xabar qilmoqda, deya xabar berdi Rambler nashri.
Voqea Xitoyning janubi-g`arbidagi Sichuan viloyatida ro`y bergan. Hodisa oqibatida 19 kishi halok bo`ldi, 12 kishi jarohat oldi. Portlash zavodning 3 qavatida sodir bo`gan. Shundan so`ng binoda katta yong`in kelib chiqdi. Uning zarbidan yaqin oradagi binolar oynalari singan.
Hududga etib kelgan o`t o`chirish guruhi alangani boshqa joylarga tarqalishidan avval bartaraf etishga ulgurishgan. Qurbonlar hamda jarohatlanganlarning barchasi mazkur korxona xodimlari ekanligi xabar qilinmoqda. Voqea joyiga mahalliy hukumat vakillari kelishgan, voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.






