Tojikistonning Ko`lob shahri tug`uruqxonada 7 kg. 200 grammlik polvon dunyoga keldi. Tojik telegraf agentligi xabariga ko`ra, bu mamlakat bo`yicha rekord ko`rsatkichdir, deb yozmoqda "Xalq so`zi" nashri.
Tug`uruqxona mudirasi Halima Gadoevaning aytishicha, chaqaloq jarrohlik yo`li orqali dunyoga keltirilgan. Bolakayning ahvoli qoniqarli, onasi ham operasiyadan so`ng asta-sekin o`ziga kelyapti.
“Faoliyatimda bu kabi pahlavon chaqaloqni birinchi marta uchratib turibman. Bu Tojikistonda mislsiz hodisadir”, - deydi Halima Gadoeva.
Bolaning onasi 30 yoshli Taxmina Odinaeva bo`lib, chaqaloq oilaning beshinchi farzandidir.
Eslatib o`tamiz, o`tgan yilda O`zbekistonda og`irligi 9,87 kg.lik qizaloq, joriy yil yanvar oyida esa Qozog`istonda 6,06 kg.lik o`g`il bola tug`ilgan edi.
Ma`lumot uchun, jahonda bu boradagi eng katta ko`rsatkich Xitoyda kuzatilgan. 2016 yilda mamlakatning Xenan muzofoti Silsyan shahrida 17,4 kg.lik “polvon“ dunyoga kelgandi. Bundan nafaqat uning ota-onasi, balki shifokorlar ham hayratga tushgan edi.






