AsosiyJamiyat

Sog`liqni saqlash vazirligi: murojaatdan so`ng tibbiyot muassasasi rahbariga nisbatan qat`iy chora ko`rildi

'Sog`liqni saqlash vazirligi: murojaatdan so`ng tibbiyot muassasasi rahbariga nisbatan qat`iy chora ko`rildi'ning rasmi

Fuqarolar murojaatlaridan so`ng, Toshkent viloyati sud-tibbiy ekspertiza byurosida xizmat tekshiruvi o`tkazildi, deb ma`lum qildi vazirlik matbuot xizmati.

Yurtimizda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ularda ko`tarilgan har bir masalaga chuqur yondashib, hal etish tizimi yo`lga qo`yildi. Ushbu tizim bugun tibbiyot sohasida ham o`z ifodasini topmoqda.

Kuni kecha Sog`lini saqlash vazirligiga bir guruh fuqarolar yo`llagan murojaatlardan so`ng, Toshkent viloyati sud-tibbiy ekspertiza byurosida xizmat tekshiruvi o`tkazildi. Vazirlikning Yuridik bo`limi tomonidan Toshkent viloyati sud-tibbiy ekspertiza byurosi faoliyati o`rganilganda, haqiqatan ham, qator kamchiliklarga yo`l qo`yilgani ma`lum bo`ldi. Xususan, O`zbekiston Respublikasida tan olinmagan diplom bilan shaxslarni davlat sud eksperti sifatida ishga qabul qilish holati, ish haqi va unga tenglashtirilgan to`lovlarning noto`g`ri hisoblanishi va to`lanishi, eng achinarlisi, umuman foydalanishga yaroqsiz bo`lgan tibbiy vositalardan foydalangan holda ekspertiza o`tkazish va xulosa tuzish kabi bir qator qonunbuzarliklarga yo`l qo`yilgani aniqlandi. Shu munosabat bilan, Toshkent viloyati sud-tibbiy ekspertiza byurosi boshlig`i M.Xaydarov belgilangan tartibda egallab turgan lavozimidan ozod etildi, to`plangan materiallar esa aybdor shaxslarning javobgarligini hal etish uchun prokuratura idoralariga yuborildi.

Davlatimiz rahbari ta`kidlaganidek, tibbiyot xodimlari salomatligimiz posbonlaridir. Ularga xalq ishonishi, ular esa xalqni ishontira olishi kerak. Bugungi kun shifokorining shiori ham, o`z oldiga qo`ygan maqsadi ham aynan xalq ishonchi va aholi roziligi bo`lmog`i lozim.

    Boshqa yangiliklar