AsosiyJinoyat

Toshkentda "BMV" haydovchisi piyodani urib yubordi

'Toshkentda "BMV" haydovchisi piyodani urib yubordi'ning rasmi

Toshkent shahri Yunusobod tumanida "BMV" haydovchisi piyodani urib yubordi.

Voqea shu yilning 11 iyul kuni soat taxminan 23.45 larda tumanning Quloqtepa ko`chasi № 49-uy oldida sodir bo`ldi. Shu tumanida yashovchi 38 yoshli Doniyor N.o`zining "BMV" rusumli avtomobilida harakatlanib kelayotganda piyodalar yo`lagidan o`tayotgan 67 yoshli Zaripboy X.ni payqamay qolib, katta tezlikda urib yuborgan.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko`ra, og`ir tan jarohatini olgan jabrlanuvchi voqea joyida halok bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar