AsosiyJamiyat

Samarqand shahar hokimi qurilish ishlarida mavjud me`yor va qoidalarga qat`iy amal qilishni alohida ta`kidladi

'Samarqand shahar hokimi qurilish ishlarida mavjud me`yor va qoidalarga qat`iy amal qilishni alohida ta`kidladi'ning rasmi

Samarqand shahar hokimligida shahar hokimi o`rinbosarlari, sektor hamda korxona-tashkilot va idora rahbarlari ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tdi. Bu haqda “Zarafshon” nashri xabar berdi.

Yig`ilishni Samarqand shahar hokimi Furqat Rahimov olib bordi.

Yig`ilish avvalida shahardagi obodonlashtirish masalalariga e`tibor qaratildi. Xorijlik sayyohlar va shahar mehmonlari uchun Samarqandni gullarga burkash, toza-ozoda saqlash obodonlashtirish bilan shug`ullanuvchi xodimlarning muhim vazifasidir. Shaharda ozodalikka e`tibor yanada kuchaytirilishi, jumladan maishiy chiqindilarni o`z vaqtida olib chiqish, ularni 3 turga ajratish uchun qisqa muddatda shaharda 500 dan ziyod yangi konteynerlar o`rnatish lozim.

Shuningdek, F.Rahimov “Obod mahalla” dasturi asosida shaharning Cho`ponota va Shirin mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish, u erdagi mavjud eski imoratlarni buzib, zamonaviy inshootlar barpo etish, aholini qiynayotgan muammolarga barham berish, yo`llarni ta`mirlash, gul ko`chatlari o`tqazish kabi ishlarga alohida e`tibor qaratish zarurligini ta`kidladi. Mutasaddilardan shaharda olib borilayotgan keng ko`lamdagi qurilish va obodonlashtirish ishlari, jumladan, Aeroport yo`li va Bo`stonsaroy ko`chalarida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari ijrosini so`radi.

Shaharning tarixiy qismiga yondosh hududlarda to`xtatib qo`yilgan noqonuniy qurilish ishlari haqida ham so`z bordi. Shahar hokimi mutasaddilarga shaharda amalga oshirilayotgan qurilish ishlarida mavjud me`yor va qoidalarga qat`iy amal qilish, tanish-bilishchilik yoki boshqa vositalar evaziga qoidabuzarlikka ko`z yumishga aslo yo`l qo`yib bo`lmasligini alohida ta`kidladi.

P/S: Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahar hokimi F.Rahimov va shahar hokimining o`rinbosari ishdan ketgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Keyinchalik bu xabar o`z tasdig`ini topmadi.

    Boshqa yangiliklar