11 iyul kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek tumanida fuqaro Abdulaziz Rahimov "Mirzo Ulug`bek" ko`chasi 142-uy oldida qarovsiz qoldirilgan A.P.ga tegishli “Neksiya” rusumli avtomashinani haydab qochib ketadi.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabariga ko`ra, avtomashinani "Mirzo Ulug`bek" va "Parkent" ko`chalari kesishgan chorrahada boshqarib ketayotib, yo`l-transport hodisasini sodir etib, voqea joyidan qochib ketgan.
Hozirda mazkur holat bo`yicha Abdulaziz Rahimovni ushlash choralari ko`rilgan.
"Hurmatli fuqarolar, orangizda kimda kim Abdulaziz Rahimovni ko`rgan yoki u haqida biron bir ma`lumotga ega bo`lsa, ichki ishlar organlarining hududiy bo`limlariga yoki “102” telefon raqamiga qo`ng`iroq qilishingizni so`raymiz", - deyilgan IIV xabarida.






