AsosiyJamiyat

Mast holatda boshqarilgan velosiped mojarosiga oydinlik kiritildi

'Mast holatda boshqarilgan velosiped mojarosiga oydinlik kiritildi'ning rasmi

Shu yilning 8 iyul kuni Facebook ijtimoiy tarmog`i orqali Quyichirchiq tumani Paxtazor mahallasi Sulaymonov ko`chasida yashovchi fuqaro Mastura Karimovaning ichki ishlar organlarining noo`rin xatti-harakatlaridan norozi bo`lib, yordam so`rayotgan video tasviri joylashtirilgan edi. Toshkent viloyati IIB ushbu holat yuzasidan surishtiruv o`tkazib, quyidagilarni ma`lum qiladi.

Eslatib o`tamiz, xabarda fuqaro Mastura Karimova uning 2002 yilda tug`ilgan o`g`li Abdulla Karimov oilasiga ko`maklashish maqsadida, aholining qoramollarini boqib kelayotganligi, ishlagan pulidan orttirib velosiped sotib olganligi, ushbu velosipedini otasi Toir Mirzahmedov mast holatda boshqargani sababli YPX inspektorlari unga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirgani va velosipedni qaytarib olish uchun ichki ishlar xodimlari undan 500 ming so`m talab qilayotgani bayon etilgan edi.

Viloyat IIB tegishli xizmatlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida, fuqaro Mastura Karimovaning turmush o`rtog`i 1965 yilda tug`ilgan fuqaro Toir Mirzahmedov 2018 yilning 25 may kuni soat 10:00larda Quyichirchiq tumani Mevazor mahallasida mast holatda velosiped boshqarib ketayotgan vaqtida tuman IIB YPX xodimlari tomonidan to`xtatilgan. Mazkur fuqaro spirtli ichimlik iste`mol qilgani yuzasidan gumon qilinib, uni tibbiy ko`rikdan o`tkazilganligi, spirtli ichimlik iste`mol qilib, mast holatda velosiped boshqarganligi uchun (asos: Quyichirchiq tumani Markaziy tibbiyot birlashmasining 25.05.2018 yildagi ma`lumotnomasi) O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 131-moddasi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgani aniqlandi. Shuningdek, velosipedini vaqtincha ushlab turish jarima maydonchasiga joylashtirilgani, fuqaro Mastura Karimova tuman IIB YHXBga borib, velosipedini so`raganida, 500 ming so`m ma`muriy jarimani to`lab olib ketishi yoki to`lashga imkoniyati bo`lmagan taqdirda o`zi istiqomat qilayotgan mahalla fuqarolar yig`inidan oilasi kam ta`minlanganligi haqida ma`lumotnoma olib kelib, sudga taqdim etishi mumkinligi haqida tushuntirish berilganligi ma`lum bo`ldi.

2018 yil 8 iyul kuni viloyat IIB xodimlari tomonidan fuqaro Toir Mirzahmedov bilan o`tkazilgan suhbat davomida hozirda o`zi istiqomat qilayotgan mahalla fuqarolar yig`inidan oilasi kam ta`minlanganligi haqida ma`lumotnoma olib kelib, sudga taqdim etganligi hamda belgilangan 516 ming so`m miqdordagi jarimani to`lamasdan velosipedini qaytib olganligi, shuningdek, mazkur holat yuzasidan biror-bir xodim ta`magirlik qilmaganligini ma`lum qilgan.

    Boshqa yangiliklar