Jizzaxda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta`minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi xodimlariga xizmat mashinalari topshirildi. Bu xaqda O`zA xabar berdi.
Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo`limlari engil avtomobillar bilan ta`minlanishi ular faoliyati samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xizmat mashinalarini tantanali topshirish marosimida aholi farovonligini oshirishning muhim sharti bo`lgan oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlashda inspeksiya xodimlari zimmasiga katta mas`uliyat yuklatilgani ta`kidlandi.
Shundan so`ng, inspeksiyaning boshqarma va bo`limlari mas`ullariga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan zamonaviy avtomashinalar kaliti tantanali topshirildi.







