Poytaxtimizning Bektemir tumanida “Rieter Group” xorijiy kompaniyasining “Rieter Uzbekiston” va mahalliy “Metal Processing” korxonalari hamkorlikda O`zbekistonda yuqori sifatli metallni qayta ishlash zavodini tashkil etdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda yangi korxonaning ochilish marosimi o`tkazildi. Yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlangan korxona hududlarda yangi tashkil qilinadigan ishlab chiqarish zavodlari uchun zarur metall listlar tayyorlab beradi.






Farhod Abdurasulov (surat)






