AsosiyDunyo

Tiriklayin ko`milgan chaqaloq er ostida sakkiz soat yotdi (Video)

'Tiriklayin ko`milgan chaqaloq er ostida sakkiz soat yotdi (Video)'ning rasmi

Braziliya polisiyachilari tuproqqa ko`milib, er ostida sakkiz yotgan chaqaloqni qutqarib qolishdi, deya yozmoqda Vesti nashri.

15 yoshli ona hojatxonaga borgan va o`zini yomon his qilgan. Tug`ruq jarayonida chaqaloq boshi bilan unitazga urilgan va miq etmagan. Qizaloqning buvisi esa o`lik chaqaloqni matoga o`rab, orqa hovliga ko`mishni maslahat bergan.

Shubhaga borgan qo`shnilardan biri polisiyaga xabar bergan. Qidiruv ishlari davomida zudlik bilan qabr ochilganda sakkiz soatdan beri er tagida yotgan chaqaloqning tirikligi ma`lum bo`lgan.

Hozirda chaqaloq sog`-omon. Faqatgina bosh chanog`i lat egan.

Chaqaloqning buvisiga nisbatan esa jinoiy ish qo`zg`atilgan.


Boshqa yangiliklar