Qoraqalpog`iston Respublikasining Ellikqal`a tumanida 11 iyul kuni Beruniy tumanida yashagan Sh.B. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinani Bo`ston—Beruniy—Cholish—Urganch yo`lining 3-km.da haydab ketayotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Beruniy shahrida yashagan O.S. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashina bilan to`qnashuv sodir etgan.
Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar beradi.
Natijada Nexia va Cobalt avtomashinasining haydovchilari jarohat olib voqea joyida, yo`lovchilari I.Z., M.M. va Z.J.lar esa kasalxonada vafot etganlar. Shuningdek, Nexia avtomashinasining yana 1 nafar yo`lovchisi N.V. kasalxonaga yotqizilgan.






