AsosiyJamiyat

Moliya vazirining sobiq o`rinbosari vafot etdi

'Moliya vazirining sobiq o`rinbosari vafot etdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi moliya vazirining sobiq o`rinbosari – Vil Savelevich Beganov 81 yoshida vafot etdi, deb xabar qiladi vazirlik axborot xizmati.

Vil Savelevich 1937 yilda tavallud topgan. Umrining 35 yili Moliya vazirligi tizimi bilan bevosita bog`liq bo`lgan. O`z faoliyatini 1961 yildan boshlab, oddiy nazoratchi-taftishi lavozimidan vazir o`rinbosarigacha lavozimlarda ishlagan.

Mustaqillikning ilk kunlarida Moliya vaziri o`rinbosari, keyinchalik Davlat soliq qo`mitasi raisi o`rinbosari lavozimlarida samarali mehnat qilgan va ko`pgina shogirdlar etishtirgan moliyachi hisoblanadi. Mehnat Shuxrati medali bilan taqdirlangan.

    Boshqa yangiliklar