AsosiySport

Shahram G`iyosovning 14 iyul kungi raqibi ma`lum bo`ldi

'Shahram G`iyosovning 14 iyul kungi raqibi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, Rio-2016 Olimpiadasi sovrindori Shahram G`iyosov professional boksdagi navbatdagi jangini 14 iyul kuni o`tkazadi, deb xabar Olamsport nashri.

Shu kuni G`iyosov AQShning Los-Anjeles shahridagi Florentine Gardens Hollywood arenasida ringga ko`tariladi. Uning raqibi tajribali bokschi Daniel Echeverriya bo`ladi. Meksikalik bu bokschi 26 yoshda bo`lib, faoliyatini 2012 yilda boshlagan.

Shu kungacha prof boksda 24ta jang o`tkazgan bo`lib, ularning 19tasida g`alaba qozongan. O`n etti jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Beshta jangda mag`lubiyatga uchratgan, shulardan ikkitasi nokaut bilan. Shahram 2ta jang o`tkazib, har ikkisida g`alaba qozongan. Janglarning birida u raqibini muddatidan avval mag`lub etgan.

    Boshqa yangiliklar