O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev farmoni bilan Germaniya fuqarosi Karsten Xayns O`zbekiston innovasion rivojlanish vaziri o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.
O`zbekistonda zamonaviy innovasion infratuzilmalarni shakllantirishda Germaniyaning boy tajribasini joriy etish maqsadida respublikaning GFRdagi elchixonasi tashabbusi bilan Ta`lim va ilmiy tadqiqotlar federal vazirligi bilan qator muzokaralar olib borildi va ular yakunlari bo`yicha nemis tomoni Innovasiya vazirligi bilan ishlash uchun ekspert yuborishga rozilik bildirdi.
Vazir o`rinbosari lavozimiga bevosita ushbu vazirlikda faoliyat olib boruvchi tajribali mutaxassis tavsiya qilindi. Karsten Xayns Toshkentda bo`lib, O`zbekistonning vakolatli vazirliklarida uchrashuvlar o`tkazgan.
Germaniya hukumati uchun davlat xizmatchisining boshqa mamlakat hukumatida yuqori lavozimga tayinlanishi birinchi shu kabi holat bo`ldi. mazkur qaror O`zbekistondagi islohotlar jarayonini qo`llab-quvvatlashga qaratilgan, deyiladi xabarda.






