AsosiyDunyo

Tayvanga Mariya tropik to`foni “hujum” qildi

'Tayvanga Mariya tropik to`foni “hujum” qildi'ning rasmi

Tayvanga Mariya tropik to`foni yopirildi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.

Mariya to`foni Tayvanning shimoli-g`arbiy qismlari bo`ylab harakatlanmoqda. Shamol tezligi soatiga 30 km. ekanligi qayd etilgan. Bu esa ko`chalardagi simyog`ochlar va daraxtlarning qulashiga olib keldi. Ba`zi joylarda transport xizmatlari vaqtinchalik to`xtatilgan.

Noqulay ob-havo tufayli aviareyslar kechiktirildi. Ayrim tashkilotlar vaqtinchalik yopilgan. Meteorologiya sohasi xodimlari to`fon ortidan suv toshqinlari va ko`chkilar sodir bo`lishi mumkinligi xaqida ogohlantirishmoqda. Biroq hozircha hukumat tomonidan hech qanday evakuvasiya choralari ko`rilmayapti. Qurbonlar va jabrlanganlar yo`q.

    Boshqa yangiliklar