Eronda avtobus va yonilg`i tashuvchi yuk mashinasi to`qnashuvi natijasida 27 kishi hayotdan ko`z yumdi, 10 dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu xaqda Mehr agentligi xabar berdi.
Fojia Eron g`arbidagi Senenej shahrida sodir bo`ldi. Polisiya ma`lumotlariga ko`ra yo`lovchilari bo`lgan avtobus va yonilg`i tashuvchi yuk mashinasining o`zaro to`qnashuvi natijasida ikkala transport vositasi xam to`liq yonib ketgan.
Baxtsiz hodisa tufayli muzofotda uch kunlik motam e`lon qilindi.








