AsosiyJamiyat

Deputat kontrakt oshishini keskin tanqid qilib chiqdi

'Deputat kontrakt oshishini keskin tanqid qilib chiqdi'ning rasmi

Xabaringiz bor, 2018 yil 1 sentyabrdan O`zbekiston OTMlarida kontrakt miqdori oshishi haqida xabar bergan edik.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Akmal Umirzoqov o`zining Facebook'dagi sahifasi orqali kontraktlar narxining oshirilishiga munosabat bildirdi:

– O`zgargan kontrakt, Sendan bir o`tinch, endi oshma. Oshsang shundoq ham 8%i talaba bo`lgan 600 000 yoshlar o`qishga qiynaladi. Seni o`zi kim belgilaydi, belgilashda qaysi mezonlar inobatga olinadi-a? Oliy Majlisniyam oshirishdan oldin fikrini olmabsanda. Oliy Majlisni fikrini nima qizig`i bor aslida. Bitta KabMin qarori qonundanam ulug`ku.

Bu ilm degani anqoni urug`iyu, faqat saralanganlar tahsil oladimi? Maqsad puli borga tahsil olish imkonini berishmi?
O`qimoqchimish, nima, dunyoni oberarmiding?!

O`qigan anu qo`shnini bolasimi?! 3ta diplomi bor, ikkitasini dunyoni TOP 100 Universitetidan ogan. Hozir post yozib o`tiribti. Ungayam qiyin! (bu erda katta ehtimol bilan deputat o`zini nazarda tutmoqda, chunki Akmal Umirzoqov Toshkent davlat yuridik instituti, Glazgo universiteti va Yaponiyaning Sukuba universitetida tahsil olgan, – deb yozadi deputat.

alt

    Boshqa yangiliklar