Aliment sohasidagi qonunchilikka kiritilgan o`zgartirishlar bugundan kuchga kirdi.
O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi Qonun bilan (O`RQ-459-son) aliment sohasidagi qonunchilikka o`zgartirishlar kiritilgan edi.
Ushbu o`zgartirishlar bugundan kuchga kirdi.
Xususan endilikda:
— aliment to`lamaslik 15 sutka ma`muriy qamoqqa olinishiga sabab bo`ladi;
— aliment to`lashga majbur shaxslar ikki oy (ilgari uch oy) mobaynida aliment to`lashdan bo`yin tovlasa jinoiy javobgarlikka tortiladi (3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin);
— har bir bola uchun aliment miqdori eng kam ish haqi miqdorining 75 foizdan (ilgari uchdan bir qism) kam bo`lmagan miqdorda (138 225 so`m) belgilanadi;
— alimentni bola voyaga etgunga qadar ko`char va ko`chmas mol-mulk yoki boshqa qimmatli narsalar berish orqali bir yo`la oldindan to`lash mumkin;
— aliment oldindan to`langan yoki garov shartnomasi tuzish holatlarida, ushbu shaxsga respublikadan chiqishga qo`yilgan taqiq olib tashlanadi. Bunda garov qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining ikki yuz ellik baravaridan kam (46 mln 75 ming so`m) bo`lmasligi lozim.






