AsosiyJinoyat

Niqob ostida bosqinchilik sodir etgan shaxsga jazo qo‘llandi

'Niqob ostida bosqinchilik sodir etgan shaxsga jazo qo‘llandi'ning rasmi

Joriy yilning 8 iyun kuni jinoyat ishlari bo`yicha Quvasoy shahar sudida sud raisi S.Yuldashev raisligida R.D ga nisbatan jinoyat ishi ko`rildi. Sudlanuvchi bosqinchilik jinoyatini sodir etganlikda ayblangan...

Sudlanuvchi R.Djinoiy sherigi J.A (J.Aga nisbatan jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona shahar sudining 03.12.2014 yilda ayblov hukmi chiqarilgan)bilan oldindan til biriktirib, bir guruh bo`lib, o`zganing mol-mulkini bosqinchilik yo`li bilan talon-toroj qilish maqsadida, 2014 yil 23avgustdan 24 avgustga o`tar kechasimatodan niqob yasab, ularni yuzlariga tortib olib, bitta “finka”, bitta oshxona pichog`i va bitta “pistolet-zajigalka” bilan qurollanib, Farg`ona tumani, Xonqiz QFY, Xonqiz ko`chasi, 24-uyda joylashgan savdo do`koniga devori orqali g`ayriqonuniy ravishda kirishib, xonadon egasi S.N va uning turmush o`rtog`i I.Nga qurol sifatida foydalanishi mumkin bo`lgan “finka”, oshxona pichog`i, bitta “pistolet-zajigalka”va tosh bilan ularninghayoti va sog`lig`i uchun xavfli bo`lgan zo`rlik ishlatish bilan qo`rqitib, S.Nning badanining turli joylariga urib, unga tan jorahati etkazgan, S.N ularga faol qarshilik ko`rsatib, qo`shnilarni yordamga chaqirganligi oqibatida R.D jinoiy sherigi J.A bilan noma`lum tomonga yashiringan.

Barcha holatlar sud tomonidan to`liq o`rganib chiqilib, sud R.DniO`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi164-moddasi 3-qismining “v” bandi bilan aybli deb topdi va R.Dga nisbatan jazo tayinlashda uning aybiga to`liq iqrorligini, qilmishidan chin ko`ngildan pushaymonligini, oilaviy sharoitini, bir nafar voyaga etmagan farzandi borligini, ish bo`yicha moddiy zarar mavjud emasligini, jabrlanuvchining da`vosi yo`qligini, yashash joyidan ijobiy tavsiflanishini e`tiborga olib, unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 57-moddasini qo`llab, 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

    Boshqa yangiliklar