Davlatimiz rahbarining joriy yil 10 iyul kuni “Buxoro-Agro” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Buxoro viloyatida “Buxoro-agro” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi.
“Buxoro-agro” EIZning faoliyat ko`rsatish muddati u tashkil etilgan kundan boshlab, mazkur muddatni keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil qiladi.
“Buxoro-agro” EIZning asosiy vazifasi etib, shu jumladan, issiqxonalar qurish uchun konstruksiyalar, jihozlar va boshqa butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etish, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va ularning eksport hajmini oshirish belgilandi.
Eslatib o`tamiz, shu kunga qadar mamlakatimizda 16 ta erkin iqtisodiy zona – “Navoiy”, “Angren”, “Jizzax”, “Urgut”, “G`ijduvon”, “Qo`qon”, “Hazorasp”, “Sirdaryo”, farmasevtika sohasiga ixtisoslashgan “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo`stonliq-farm”, “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalari, shuningdek, turizmga ixtisoslashgan “Chorvoq” erkin turistik zonasi mavjud.






