AsosiyJamiyat

Olis tumanlarga 15ta “UAZ” rusumli tez tibbiy yordam mashinasi topshirildi

'Olis tumanlarga 15ta “UAZ” rusumli tez tibbiy yordam mashinasi topshirildi'ning rasmi

Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli Karmana tumanidagi “Metallurg” sihatgohida viloyatning olis tumanlari aholisi uchun 15 ta “UAZ” rusumli tez tibbiy yordam mashinasini topshirishga bag`ishlangan marosim bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

– Shoshilinch holatlarda eng zarur vositalar bilan jihozlangan guruhning birinchi yordam ko`rsatish maqsadida chaqiriq joyiga tezkorlik bilan etib kelishi muhim ahamiyatga ega, – deydi Tomdi tumani tibbiyot birlashmasi ko`ptarmoqli markaziy poliklinikasi katta hamshirasi V.Sibaeva. – Yangi tez tibbiy yordam avtomobillari barcha kerakli buyum va jihozlar bilan ta`minlangan. Bu tibbiy xizmat sifati va samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

6.jpg
Chekka tumanlardagi asosiy muammolardan biri yo`l muammosi hisoblanadi. Ayrim ovullarga yilning ba`zi mavsumlarida etib borishning iloji bo`lmaydi. Ayniqsa, bu tez tibbiy yordamning o`z vaqtida ko`rsatilishiga xalaqit beradi. Shuni inobatga olib, maxsus va shoshilinch tibbiy yordam xizmati ish ko`lamini oshirish maqsadida viloyatning Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota va Xatirchi tumanlaridagi qishloq vrachlik punktlariga uzoq masofaga chidamli “UAZ” rusumli tez tibbiy yordam avtomobillari berildi.

    Boshqa yangiliklar