Janubiy Koreyaning elektronika ishlab chiqaruvchi Samsung Electronics kompaniyasi Hindistonda smartfonlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik zavod ochdi, deya xabar berdi Segodnya.ua nashri.
Hindistonning Uttar-Pradesh shtati Noyda shahrida Samsung Electronics mobil telefonlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan jahondagi eng yirik zavod ishga tushdi. Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi uni tantanali ravishda ochib berdi.
Kompaniyaning Hindistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar xorij bozorlariga eksport qilinadi. Yangi ob`ekt sharofati bilan Samsung o`zining ishlab chiqarish quvvatlarini qariyb ikki barobarga oshiridi. Ya`ni yiliga 68 million telefon 120 milliongacha etadi.






